Xodim kimga qo'ng'iroq qilganini eshiting
Android telefonlardagi qo'ng'iroqlar avtomatik yig'iladi — raqam, vaqt, davomiylik va audio yozuv. Xodim hech narsa qilmaydi.
Odoo uchun native modul
Webhook sozlash shart emas — modul Odoo Apps'dan o'rnatiladi va qo'ng'iroqlar CRM'dagi lead kartochkasiga o'zi tushadi.


Uch qadamda ishga tushadi
Murakkab sozlash yo'q — ilovani o'rnating va qo'ng'iroqlar o'zi yig'ila boshlaydi.
Ilovani o'rnating
Xodim Android telefoniga ilovani o'rnatib, email va parol bilan kiradi.
Qo'ng'iroqlar yig'iladi
Har bir qo'ng'iroq va audio-yozuv avtomatik, fon rejimida bulutga yuboriladi.
Panelda tahlil qiling
Statistika, jonli qo'ng'iroqlar va yozuvlarni bitta boshqaruv panelida ko'ring.
Qo'ng'iroqlarni boshqarish uchun kerakli hamma narsa
Yozib olishdan tahlilgacha — bitta joyda.
Audio-yozuvlar
Har bir qo'ng'iroq avtomatik yozib olinadi va bulutda xavfsiz saqlanadi. Istalgan vaqtda tinglang.
Statistika va hisobotlar
Kunlik dinamika, javob foizi, o'rtacha davomiylik — real vaqtda.
Jonli qo'ng'iroqlar
Hozir kim gaplashayotganini real vaqtda ko'ring.
Xodimlar va qurilmalar
Har xodim, uning telefoni va faolligini kuzating.
SIM kuzatuvi
Dual-SIM qo'llab-quvvatlanadi — qaysi raqamdan qo'ng'iroq bo'lganini biling.
Barcha qo'ng'iroqlar bitta panelda
Filtrlash, tinglash, hisobot olish va eksport — brauzerda, o'rnatishsiz.

Qo'ng'iroqlar sizning tizimingizga tushadi
- OdooRaqam bo'yicha CRM'dagi lead yoki opportunity topiladi va qo'ng'iroq o'shanga biriktiriladi. Topilmasa — yangisi yaratiladi.
- Dasturchilar uchunOdoo ishlatmasangiz — hodisalar serveringizga yuboriladi, obunalar API orqali boshqariladi.
Yozuv hamma telefonda ishlamaydi — buni oldindan bilib qo'ying
Ilova o'zi yozib olmaydi, telefonning o'z yozuvini oladi. Shuning uchun natija ishlab chiqaruvchiga bog'liq.
| Brend | Yozuv | Izoh |
|---|---|---|
| Xiaomi, Redmi | Ishlaydi | MIUI va HyperOS — avto-yozuv yoqiladi |
| Samsung | Ishlaydi | One UI 5 va yuqori |
| Tecno, Infinix | Ishlaydi | Hududiy cheklov yo'q |
| Huawei, Oppo, Vivo | Tekshiriladi | Modelga bog'liq — tekshirish kerak |
| Google Pixel | Ishlamaydi | Yozuv yo'q, faqat metama'lumot |
Ma'lumot kompaniyaniki bo'lib qoladi
Shaxsiy SIM kuzatilmaydi
Ikkinchi SIM kuzatuvdan chiqarilsa, u qo'ng'iroqlar telefondan umuman chiqmaydi.
Xodim roziligi ish beruvchida
Shartnomaga qo'shiladigan namuna matnni beramiz.
Saqlash muddati siznikida
Belgilangan kundan keyin yozuvlar avtomatik o'chadi.
Qo'ng'iroqlaringizni bugun nazoratga oling
Bir necha daqiqada o'rnating.