Boshlash

Android'ga o'rnatish

Ilova Play Store'da emas — APK fayl saytdan yuklanadi. Quyida umumiy tartib, keyin brend bo'yicha alohida qadamlar.

Umumiy tartib

  1. 01«Yuklab olish» sahifasidan APK fayl telefonga yuklanadi.
  2. 02Fayl ochilganda Android «noma'lum manbadan o'rnatish» ruxsatini so'raydi — ruxsat beriladi.
  3. 03Ilova ochilib, xodim email va paroli bilan kiriladi.
  4. 04Ilova so'ragan ruxsatlar beriladi: telefon holati, qo'ng'iroqlar jurnali, fayllarga kirish.
  5. 05Telefon sozlamalarida suhbatlarni avtomatik yozib olish yoqiladi.
  6. 06Ilova batareya optimizatsiyasidan chiqariladi va avtoishga tushishga ruxsat beriladi.

Nega Play Store'da yo'q

Google qo'ng'iroq yozuvi bilan ishlaydigan ilovalarga kerakli fayl ruxsatini bermaydi. Shuning uchun ilova to'g'ridan-to'g'ri APK sifatida tarqatiladi — bu Android'da odatiy va xavfsiz yo'l.

Brendingizni tanlang

Avtomatik yozuvni yoqish har brendda boshqacha joyda. O'z brendingiz bo'yicha qo'llanmani oching — u yerda aniq qadamlar bor.

Yechilmadimi? Biz bilan bog'laning