Imkoniyatlar
Yozuv, jonli monitoring, hisobot, xodim va SIM boshqaruvi — XCall nima qila oladi.
Nima qila oladi
Har bo'lim alohida sahifada — nima ishlaydi, nima ishlamaydi va nimaga bog'liq.
- 01
Qo'ng'iroq yozuvlari
Har suhbat telefonning o'z yozuvidan olinadi, panelda tinglanadi va belgilangan muddat saqlanadi.
- 02
Jonli monitoring
Ayni damda ketayotgan qo'ng'iroqlar: kim, kim bilan, qaysi raqamdan va qancha vaqtdan beri.
- 03
Hisobotlar
Kunlik dinamika, javob ulushi, xodim kesimidagi taqqoslash, soatlar bo'yicha issiqlik xaritasi va CSV eksport.
- 04
Xodimlar va qurilmalar
Xodim qo'shish, admin va agent rollari, ulangan telefonlar ro'yxati, batareya va oxirgi aloqa vaqti.
- 05
SIM va liniyalar
Ikki SIM-li telefonlarda qaysi raqamdan qo'ng'iroq qilinganini ajratadi. Shaxsiy SIM kuzatuvdan chiqariladi.
- 06
Xavfsizlik
Kompaniya ma'lumoti kompaniyaniki bo'lib qoladi: alohida hisob, shifrlangan uzatish, saqlash muddati va eksport.
Yozuv hamma telefonda ishlamaydi — buni oldindan bilib qo'ying
Ilova o'zi yozib olmaydi, telefonning o'z yozuvini oladi. Shuning uchun natija ishlab chiqaruvchiga bog'liq.
| Brend | Yozuv | Izoh |
|---|---|---|
| Xiaomi, Redmi | Ishlaydi | MIUI va HyperOS — avto-yozuv yoqiladi |
| Samsung | Ishlaydi | One UI 5 va yuqori |
| Tecno, Infinix | Ishlaydi | Hududiy cheklov yo'q |
| Huawei, Oppo, Vivo | Tekshiriladi | Modelga bog'liq — tekshirish kerak |
| Google Pixel | Ishlamaydi | Yozuv yo'q, faqat metama'lumot |
Qo'ng'iroqlaringizni bugun nazoratga oling
Bir necha daqiqada o'rnating.