Qo'ng'iroq yozuvlari

Suhbatni o'zingiz eshitasiz

Har qo'ng'iroqning audio yozuvi panelga tushadi. Filtrlab topasiz, brauzerda tinglaysiz, kerak bo'lsa yuklab olasiz.

Yozuv qayerdan olinadi

01

Telefonning o'z yozuvi

Ilova mikrofonni ushlamaydi. U telefonning o'z suhbat yozuvi funksiyasini yoqadi va tayyor faylni oladi. Shuning uchun ovoz sifati telefonnikiga teng.

02

Fon rejimida yuboriladi

Fayl bo'laklarga bo'linib yuklanadi. Internet uzilsa navbatda turadi va aloqa tiklanganda davom etadi — qo'ng'iroq yo'qolmaydi.

03

Siqiladi va saqlanadi

Server audioni Opus formatiga o'tkazadi: bir daqiqa suhbat taxminan 180 KB. Belgilangan muddat o'tgach fayl avtomatik o'chadi.

Raqamlar

30kun
Saqlash muddati
180KB/daqiqa
Fayl hajmi
24kHz
Opus, mono
0
Xodim harakati
app.calltracer.uz/calls/3182
Qo'ng'iroq tafsiloti va audio pleyer

Muhim cheklov

Yozuv telefon ishlab chiqaruvchisiga bog'liq. Xiaomi, Samsung va Tecno'da ishlaydi; Google Pixel'da yozuv umuman yo'q — u yerda faqat qo'ng'iroq metama'lumoti qoladi.

Qurilma mosligini ko'rish

Qo'ng'iroqlaringizni bugun nazoratga oling

Bir necha daqiqada o'rnating.